Energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov Rossiyadan O`zbekistonga qariyb 300 mln kub metr gaz import qilinganligini ma`lum qildi. Bu haqda u Samarqandda Verona Evroosiyo iqtisodiy forumida ma`lum qildi, deya xabar beradi “spot.uz”.
Unga ko`ra, Rossiyadan O`zbekistonga 7 oktyabrdan boshlangan gaz etkazib berish jarayoni tuzilgan majburiyatlar doirasida amalga oshirilmoqda.
“Gaz kelmoqda. „Gazprom“ bilan (imzolangan) barcha shartnoma majburiyatlari bajarilmoqda. (O`zbekistonga) allaqachon qariyb 300 mln (kub metr gaz) etib kelgan”, — degan vazir.
Biroq, Mirzamahmudov Rossiya va Turkmanistondan import qilingan gaz narxini konfidensiallikka tayangan holda oshkor qilmadi, shuningdek, mamlakatning joriy va kelgusi yil uchun Xitoyga gaz eksporti hajmi bo`yicha prognozlarini ham ma`lum qilmagan.






