AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistoning ayrim joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin

'Ertaga O`zbekistoning ayrim joylarida yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

“O`zgidromet” 6 noyabr, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlaridahavo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda bir oz yomg`ir yog`ishi momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar