Isroilning meros ishlari vaziri Amixay Eliyaxu G`azo sektoriga atom bombasi tashlashni taklif qildi. Hukumat rahbari uni ishdan olgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Eliyaxu G`azo sektoriga atom bombasini tashlashni konflikt rivojlanishida “imkoniyatlardan biri” ekanini aytgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vazirning so`zlari haqiqatga to`g`ri kelmasligi va Isroil armiyasi uchinchi tomonlarga zarar etkazmaslik uchun “xalqaro huquqning eng yuqori standartlariga muvofiq” harakat qilishini ta`kidlagan.
Muxolifat etakchisi Yair Lapid Eliyaxuning so`zlarini “mas`uliyatsiz vazirning hayratlanarli va shokka olib keluvchi bayonoti” deb atagan va keyinchalik vazir lavozimidan chetlatilgani ma`lum bo`lgan.