AsosiyDunyo

BMT va JSST G`azodagi holat bo`yicha qo`shma bayonot bilan chiqdi

'BMT va JSST G`azodagi holat bo`yicha qo`shma bayonot bilan chiqdi'ning rasmi

BMTning eng yirik gumanitar agentliklari va Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbarlari qo`shma bayonot chiqarib, G`azo sektorida zudlik bilan gumanitar o`t ochishni to`xtatishga chaqirdi.

"Deyarli bir oy davomida dunyo Isroil va Falastinning okkupasiya qilingan hududidagi vaziyatni kuzatmoqda, qurbonlar soni ortib borayotganidan hayrat va dahshatda”, — deyiladi bayonotda.

BMT Xamas hujumi oqibatida 1400 dan ortiq isroillik halok bo`lgan, minglab odamlar jarohatlangan va 200 dan ortiq kishi garovga olinganini eslatdi. Ular, shuningdek, G`azo sektorida, Falastin rasmiylariga ko`ra, 9,5 mingga yaqin kishi halok bo`lganini qayd etib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar