AsosiyJamiyat

Namanganda ayol 10 yoshli farzandini ayovsiz kaltakladi (video)

'Namanganda ayol 10 yoshli farzandini ayovsiz kaltakladi (video)'ning rasmi

Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda xonadon hovlisida yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgan ayol aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, 2023 yil 4 noyabr kuni Yangi Namangan tumani "Yoshlik" MFY Islomobod ko`chasida yashovchi fuqaro K.X. yashash xonadonida o`z farzandi 2013 yilda tug`ilgan voyaga etmagan S.M. ni qattiq kaltaklagan. 

Holat bo`yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir bo`lgan. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, voyaga etmagan M.S. olgan tan jarohati yuzasidan tegishli tartibda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan fuqaro K.X.ning harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan tegishli tartibda tergov surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar