AsosiyJamiyat

YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda

'YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda'ning rasmi

YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari mamlakatdagi missiyasini yakunlayapti. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 6 noyabr kuni diplomatik missiyasini yakunlayotgan BMT Bolalar jamg`armasining (YuNISEF) O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qilgan.

TIV ma`lumotiga ko`ra, muloqot chog`ida Munir Mamedzade va uning jamoasiga samarali faoliyat hamda o`zbekistonliklar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, ayniqsa, bolalar salohiyatini ro`yobga chiqarishga qaratilgan islohotlarni qo`llab-quvvatlab kelayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirilgan.

Ma`lumot uchun, Munir Mamedzade 2020 yil sentyabr oyida O`zbekistondagi vakolatxona rahbari lavozimiga tayinlangani haqidagi YuNISEF Ijrochi direktori Xenrietti Forning  xatini TIVga taqdim etgan edi. Ozarbayjonlik Munir Mamedzade YuNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatida ishlab kelgan Sasha Graumann o`rniga tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar