AsosiyDunyo

Rim papasi G`azoda o`t ochishni to`xtatishga chaqirdi

'Rim papasi G`azoda o`t ochishni to`xtatishga chaqirdi'ning rasmi

Katolik diniy etakchisi va Vatikan rahbari Rim papasi Fransisk Falastin va Isroil mojarosini muhokama qilib, tomonilarni  o`t ochishni to`xtatishga chaqirdi.

Rim papasi o`z nutqida: “Men Falastin va Isroildagi juda ko`p odamlar qurbon bo`layotgan bu jiddiy vaziyat haqida o`ylayman. Iltimos, to`xtating. Egamiz nomi bilan urushni to`xtating”.

Gumanitar vaziyatning jiddiyligiga e`tibor qaratgan Rim papasi Fransisk: "Umid qilamanki, mojaroning yanada kengayishiga yo`l qo`ymaslik uchun barcha choralar ko`riladi, yaradorlarga yordam ko`rsatiladi va yordam G`azo xalqiga etib boradi, deb umid qilaman”.

Katolik diniy etakchisi garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirib, “Ular orasida bolalar ko`p, ular o`z oilalariga qaytishsin. Biz bu urush ichidagi, Ukrainadagi va boshqa to`qnashuvlardagi barcha bolalar haqida o`ylaymiz. Shu tarzda ularning kelajagi barbod bo`lmoqda" deya qo`shimcha qildi u.

 

    Boshqa yangiliklar