AsosiyDunyo

Zelenskiy kelasi yil prezidentlik saylovlarini o`tkazishga qaror qildi

'Zelenskiy kelasi yil prezidentlik saylovlarini o`tkazishga qaror qildi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o`z idorasiga 2024 yil bahorida bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlikni boshlashni buyurdi. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko ma`lum qildi.

"Mendagi ma`lumotlarga ko`ra, Vladimir Zelenskiy kelasi yil prezidentlik saylovlarini o`tkazishga qaror qilgan. U prezident devoniga 2024 yil 31 martda o`tkazilishi rejalashtirilgan saylovlarga tayyorgarlik ko`rishni topshirgan”, — dedi deputat Espresso telekanalida.

Prezident ma`muriyati vakillari hozircha bu ma`lumotga izoh bermagan.

Ukrainada parlament saylovlari shu yilning oktyabr oyida bo`lib o`tishi kerak edi, biroq harbiy holat tufayli u o`tkazilmadi.

Ukraina qonunchiligi harbiy holat davrida prezidentlik saylovlarini o`tkazishni taqiqlaydi. Zelenskiy prezidentlik saylovlari jangovar harakatlar tugagandan keyingina o`tkazilishi mumkinligini bir necha bor ta`kidlagan. Biroq Kievning g`arbiy hamkorlari ularni belgilangan muddatda amalga oshirishni talab qilmoqda. Zelenskiy intervyularidan birida u G`arb moliyalashtirsa, saylovlarni harbiy holat ostida o`tkazishi mumkinligini aytgan.

    Boshqa yangiliklar