Moskvadagi restoranlardan birida mast erkak odamlarga qarata o`q otdi. Oqibatda to`rt kishi jarohatlangan, jinoyatchi voqea joyidan qochishga uringan, deb xabar bermoqda NewTimes.kz axborot agentligi.
Hokimiyat matbuot xizmati bnrgan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Shlyuzovaya qirg`og`idagi restoran yonida 37 yoshli hujumchi mojaro vaqtida raqiblariga travmatik quroldan bir necha marta o`q uzgan. Natijada to`rt kishi tan jarohati etkazgan. Jabrlanganlar turli tan jarohatlari, jumladan, o`q jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Prokurorning aytishicha, erkak hibsga olingan. Bu holatga Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk ham izoh berdi.
Ma`lum bo`lishicha, erkakning qurolga ruxsatnomasi bo`lgan.