Urushga qarshi yoshlar harakatining o`nlab faollari AQShning Missuri shtatiga qarashli Sent-Luis shahridagi Boeing samolyotlarini ishlab chiqaruvchi zavod yaqinida norozilik namoyishi o`tkazdi, deya xabar beradi harakat o`zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.
Ma`lum bo`lishicha, aksiya ishtirokchilari soni taxminan 75 kishini tashkil etgan. Namoyishchilar Kongress va AQSh prezidenti Jo Baydendan G`azo sektoridagi janglarni to`xtatishni talab qilib, korxonaga olib kiruvchi barcha yo`llarni to`sib qo`yishdi.
“Biz Kongress va Bayden zudlik bilan o`t ochishni va Isroilni qurollantirishni to`xtatishni talab qilamiz”, — deyiladi yoshlar harakati namoyishchilari.
Namoyish o`tkazilgan hududda polisiya navbatchilik qilmoqda. Faollarning xabar berishicha, Boeing kompaniyasining alohida xodimlari ob`ektga kira olmay, tahdid qilishganlar.