AsosiyJamiyat

Andijonda tuman prokurori o`rinbosari va tergovchi 5 ming AQSh dollari bilan, Samarqandda esa prokuror yordamchisi 3 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi (video)

'Andijonda tuman prokurori o`rinbosari va tergovchi 5 ming AQSh dollari bilan, Samarqandda esa prokuror yordamchisi 3 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi (video)'ning rasmi

DXX tomonidan korrupsiya holatlariga chek qo`yildi, deya xabar qilmoqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati Xo`jaobod tuman prokuraturasi tergovchisi tuman ichki ishlar bo`limining tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 228-moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llamaslik va tergov harakatlari davomida engillik yaratib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda tergovchi so`ralgan pul mablag`ini umumiy ovqatlanish maskanida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tergov jarayonida tergovchiga ushbu pullarni olish bo`yicha ko`rsatmani tuman prokurori o`rinbosari berganligi to`liq isbotlanib, u ham qamoqqa olindi. 

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Pastdarg`om tumani prokurori yordamchisi tuman ichki ishlar bo`limining tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida o`tayotgan fuqaroga nisbatan sud jarayonida engillik qilish va sud idoralarida ishlovchi tanishlari orqali qamoqdan chiqarish evaziga, uning qarindoshlaridan 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda, prokuror yordamchisi so`ralgan pul mablag`idan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar