Buxoro viloyati Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi yuk mashinasi talaba qizni bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati darakchi.uz ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa bugun, 7 noyabr kuni soat taxminan 08:30 larda Buxoro shahar Mustaqillik ko`chasida sodir bo`lgan. Buxoro davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi bo`lgan qiz chiqindini tashlash uchun kelgan vaqtida “Maxsusavtoxo`jalik” MChJning 42 yoshli haydovchisi uni payqamasdan bosib ketgan.
“Musorovoz” yuk qutisini bo`shatib, ikkinchisi tomonga harakatlanayotgan vaqtida mashinaning old tomonidan o`tib ketayotgan qizni bosib qolgan.
Qiz past bo`yli bo`lgani uchun yuk mashina kabinasiga juda yaqin kelgan vaziyatda haydovchi uni ilg`amay qolgan va mashinani ustiga haydab yuborgan. Qiz voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.