Poytaxt hokimligining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan “Vatan” mahallasida noodatiy mehmonxona qurildi.
Ko`ngillilar tashabbusi va mahalla aholisining roziligi bilan bunyod etilgan o`ziga xos “mehmonxona” ko`cha mushuklari uchun yaqinlashib kelayotgan qish kunlarida issiq boshpana vazifasini bajaradi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu Mushuklar mehmonxonasi “Mushukkent” loyihasi va Toshkent shahar IIBB himoyasida bo`lib, mahallada yashovchi bolalarni jonivorlarga mehrli bo`lishga o`rgatadi.






