AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" ertaga 11 ta viloyatda yomg`ir yog`ishini prognoz qildi

'"O`zgidromet" ertaga 11 ta viloyatda yomg`ir yog`ishini prognoz qildi'ning rasmi

O`zgidromet ertangi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra: 

TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), tuman tushadi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar