AsosiyJamiyat

"Taftish.uz" saytining sobiq rahbari qamoqqa olindi

'"Taftish.uz" saytining sobiq rahbari qamoqqa olindi'ning rasmi

"Taftish.uz" saytining sobiq rahbari G`.A. qamoqqa olindi. Bu haqda darakchi.uz'ga Buxoro viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, departamentning Shofirkon tuman bo`limi tomonidan fuqaro G`.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Aniqlanishicha, “Taftish.uz” axborot agentligi sobiq rahbari G`.A. tuman hududida yashovchi fuqarolarni aldab, agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi kanali orqali ularning muammolarini hal qilib berish evaziga juda ko`p miqdordagi pullarini olib, shaxsiy extiyojlariga ishlatib yuborgan.

Xususan, G`.A. 2020 yil oktyabrda muqaddam Konimex tumanidagi “Alibek Islom” MChJ rahbari A.Iga qarashli bo`lib, keyinchalik tuman Qorako`lchilik shirkati balansiga o`tkazib yuborilgan 1 400 ga. yaylov erlarni fermer xo`jaligi nomiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga A.I.dan jami 5 000 AQSh dollari qiymatdagi pul va boshqa moddiy qimmatliklarni olib, shaxsiy   ehtiyojlari uchun sarflagan. 

Xuddi shunday, fuqaro Q.X.dan tuman hokimligi zaxirasiga olingan 1 800 ga. yaylov erlarni uning o`ziga qaytarib olishda yordam berishini aytib, buning evaziga undan jami 22 000 AQSh dollarini olib talon - toroj qilib yuborgan.

Bundan tashqari, fuqaro M.S.ga JKning 105-moddasi bilan sodir etgan jinoyati uchun “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan vaqtda (2022 yil noyabr) uning otasi I.Sni o`g`lini qamoqdan chiqarishga yordam berishini aytib aldab, 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li  bilan  qo`lga  kiritgan.

Tergovga qadar tekshiruvda M.S.ning apellyasiya sudlov bosqichida jabrlanuvchi bilan yarashganligi sababli qamoqdan ozod etilganligi  aniqlangan.

Bundan tashqari, 2022 yilning aprel oyida fuqaro A.H.ning Andijon viloyati (Milliy gvardiya)da ishlovchi ukasi A.H.ning ishini Buxoro viloyatiga ko`chirib berish evaziga undan firibgarlik yo`li bilan 800 AQSh dollari olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan. 

Shuningdek, G`.A. 2021 yil bahorda J.U.dan 10-15 kunda qaytarib berish sharti bilan 500 AQSh dollari olib, hozirga qadar qaytarmasdan, aldab kelgan.

Qayd qilingan holatlarda G`.A. fuqarolarni aldash orqali ularning jami 33,3 ming AQSh dollar qiymatidagi pul mablag`larni o`zlashtirib olib, talon-toroj qilib yuborgan.

Mazkur harakatlari uchun "Taftish.uz” axborot agentligi sobiq rahbari G`.A. joriy yilning 6 noyabr kuni JKning 168-moddasi 3-qismi "b" bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 25, 211-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan ishda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirgi kunda Peshku tuman ichki ishlar bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi taqdim etilgan ma`lumotda. 

    Boshqa yangiliklar