Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati “O`zbekiston – 2030” strategiyasida 2023 yilga mo`ljallangan maqsadli ko`rsatkichlarga erishish bo`yicha amalga oshirgan ishlar haqida ma`lumot berdi.
Shuningdek, Hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag`allikdan chiqarish bo`yicha individual dasturlar ishlab chiqilib, “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirildi.
Bundan tashqari, oilalarni kambag`allikdan chiqarish bo`yicha reglament tasdiqlandi.
Yil yakuniga qadar respublikamizda 127 500 ta oila kambag`allikdan chiqarilib, kambag`allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko`rilmoqda.
Hozirda Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq to`lanadigan ta`tillar to`g`risida”gi Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementasiya qilish masalasi o`rganilgan.
O`rganish natijasida, Konvensiyani ratifikasiya qilish bo`yicha Qonun loyihasi ishlab chiqildi.
1 mln. 200 ming kambag`al oilalar ro`yxati shakllantirilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritildi. Hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag`allikdan chiqarish bo`yicha individual dasturlar ishlab chiqilib, “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirildi.
Bundan tashqari, oilalarni kambag`allikdan chiqarish bo`yicha reglament tasdiqlandi.
Yil yakuniga qadar respublikamizda 127 ming 500 ta oila kambag`allikdan chiqarilib, kambag`allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko`rilmoqda.
“O`zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish bo`yicha ishlar jadal davom etmoqda, deyiladi xabarda.






