G`arbiy Sohilda Falastin prezidenti Mahmud Abbos kortejiga hujum uyushtirildi. Bu haqda 7 noyabr kuni Turkiya nashrlari xabar berdi.
Voqea joyida olingan kadrlarda bir guruh odamlar mashinani o`rab olgani va otishma ovozlari eshitilayotganini ko`rish mumkin. Otishma natijasida qo`riqchilardan biri yiqilib tushganini ham ko`rish mumkin.
Turkiya nashri bir qo`riqchi otib o`ldirilganini tasdiqlaydi. Nima bo`lganligi haqida rasmiy izohlar yo`q.
Mahmud Abbosning ahvoli haqida xabar berilmagan. Voqea uchun javobgarlikni “Abu Jandal o`g`illari” guruhi o`z zimmasiga olgan.
Avvalroq uning vakillari Falastin prezidentiga 24 soatlik ultimatum qo`ygandi. Ular Isroilga qarshi zudlik bilan harbiy chora ko`rish va G`azoga yordam berishni talab qilgan.