1

Xillari Klintonning antireytingi Trampnikidan oshib ketdi

Dunyo 01.11.2016, 09:44
Xillari Klintonning antireytingi Trampnikidan oshib ketdi

Aksariyat amerikalik saylovchilar Xillari Klintonni xush ko`rmasliklari bois, uning salbiy reytingi  Donald Trampning antireytingidan ham oshib ketdi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri. 

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Xillari Klintonning nomzodiga 60 %, Trampning nomzodiga 58 %  saylovchi salbiy munosabatda bo`lgan. Tramp tarafdorlarining 97 % Klintonni yoqtirmagan bo`lsa, Klinton tarafdorlarining 95% Trampni yoqtirmasliklarini tan olgan. Bu so`rovnoma 26-29 oktyabr kunlari ovoz berish ehtimoli bo`lgan 1165 nafar saylovchi o`rtasida ingliz va ispan tillarida o`tkazilgan.

Xillari Klinton ayni kunlarda unga nisbatan o`tkazilayotgan tergov ishlari natijasida janjal qurshovida qolgan. FQBning bergan ma`lumotiga ko`ra, yana Klintonning elektron yozishmalari bo`yicha jinoyat ishi ochiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1