AsosiyJamiyat

O`zbekistonda madaniyat va san`at xodimlariga uy-joy uchun subsidiya ajratiladi

'O`zbekistonda madaniyat va san`at xodimlariga uy-joy uchun subsidiya ajratiladi'ning rasmi

Madaniyat vazirligi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va san`at xodimlariga subsidiya to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo`ydi.

Prezidentning “Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo`shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san`at sohasi vakillariga hamda iste`dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq prezident farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo`lmagan miqdorda subsidiya beriladi.

  • Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun madaniyat va san`at xodimlariga subsidiya to`lash tartibi to`g`risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi:
  • uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang`ich badali va foizlarning bir qismini Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo`shimcha manbalari hisobidan qoplab berish;
  • uy-joy sotib olish uchun subsidiya to`lanadigan talabgorlarni tanlash bo`yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo`yicha baholash natijalarini ko`rib chiqish;
  • “Birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinadigan kvartiralar hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo`yicha foizlarning bir qismini mahalliy byudjet hisobidan qoplab berish” sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish, uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo`yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to`lab berish tartibi.

Belgilanishicha:

  • har yili mahalliy byudjetdan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko`p qavatli uylardan birlamchi va ikkilamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo`yicha boshlang`ich badalning bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qo`shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va san`at sohasi vakillariga hamda iste`dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar uchun 192,5 million so`mdan hamda Toshkent shahri uchun 245 million so`mdan yuqori bo`lmagan miqdorda bir martalik subsidiya beriladi;
  • subsidiya taqdim etish to`g`risidagi tavsiyanoma olgan shaxslar ipoteka krediti bo`yicha boshlang`ich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo`lgan qismini o`z mablag`lari hisobidan shakllantiradi;
  • subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham inobatga olinadi;
  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlari Toshkent shahridan tashqari barcha hududlar uchun ajratiladi;
  • sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada ko`rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlang`ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar