Toshkent shahrida yirik xalqaro tadbir - Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boshlanmoqda.
Sammitda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an, Qozog`iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.
Bugun, 8 noyabr kuni delegasiyalar Toshkentga kela boshlaydi. Prezidentimiz ularning rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi. Jumladan, bugunga Qirg`iziston, Turkiya Prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
Ertaga, 9 noyabr kuni oliy darajadagi yig`ilish bo`lib o`tadi. Uning doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.






