Bugun, 8 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda HUMO to`lov tizimidagi bankomatlar vaqtincha o`chirib qo`yilishi haqida xabarlar tarqaldi. To`lov tizimi matbuot xizmatining xabar berishicha, naqd pul echish amaliyoti bo`yicha o`tkazilgan monitoringlar natijasiga ko`ra, naqd pul bermaslik holatlari kuzatilgani sababli ushbu holatni bartaraf etish uchun bankomatlar rejali profilaktika maqsadida vaqtinchalik o`chirilishi mumkin.
Ammo bunday holatda ham vaqtincha o`chiriladigan bankomatlar soni respublikada o`rnatilgan umumiy bankomatlarning 30 foizidan oshmaydi.
Shunga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda HUMO bankomatlarining naqd pul bermayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmasligi aytilgan.
Shuningdek, ishlayotgan bankomatlar orqali kartalardan pul echish amaliyoti odatiy tarzda davom etayotgani ma`lum qilindi.






