Yaponiya Imperatori Naruxito O`zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo`yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovni "Chiqayotgan quyosh katta kordon" ordeni bilan mukofotladi. Mukofot A.Komilovga Imperatorning Tokiodagi qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan. Bu haqda O`zA xabar berdi.
"Chiqayotgan quyosh katta kordon" ordeni - Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblanib, A.Komilovga ikki davlat o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlashga qo`shgan ko`p yillik hissasi uchun berildi", - deyiladi xabarda.
Ordenni Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi. Orden Yaponiyadagi eng qadimgi va mamlakatning eng oliy mukofoti hisoblanadi. Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida ishtirok etdi.






