AsosiyJamiyat

"Matbuot uyi" atrofida mediashaharcha tashkil etiladi

'"Matbuot uyi"  atrofida mediashaharcha tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi "Matbuot uyi" bino va inshootlari hamda ularga tutash hududda zamonaviy media shaharcha tashkil etiladi. Bu haqida Ochiq ma`lumotlar reestrida e`lon qilindi.

Toshkent shahar hokimligining ayni shu ishlarni bajarish uchun qurilish-pudrat tashkilotini aniqlash bo`yicha o`tkazgan tenderi yakunlandi. Tender yakunlariga ko`ra, 98,8 mlrd so`mni taklif bilan "Yangi zamon bino" MChJ g`olib deb topilgan.

Ochiq ma`lumotlar reestriga ko`ra, mazkur qurilish firmasi rahbari Dilshod Shukurov va firma ustav kapitali 566 mlrd so`mni tashkil qiladi. Mazkur kapitalning 50 foizi "O`zbekiston temir yo`llari" AJga, qolgan 50 foizi esa "UNIQUE TRADE Business" MChJga tegishli.

"UNIQUE TRADE Business" MChJ aksiyalarining esa 99 foizi GOLDEN House Development MChJga tegishli.

"O`zbekiston temir yo`llari" AJning "Yangi zamon bino" MChJsi esa joriy yilning 2 va 22 avgustlarida "Ko`prikqurilish" UK o`tkazgan umumiy summasi 16,5 mlrd so`m bo`lgan loyihalarni ham yutib olgan.

    Boshqa yangiliklar