Bugun, 8 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitining taqdiri davomida qisqa muddatga quyidagi ko`chalaridagi avtotransportlarning harakati vaqti vaqti bilan cheklanib turadi.
1.Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko`chasi bo`ylab Bobur – Shota Rustaveli chorrahasigacha;
2. Nukus – Bobur chorrahasidan Nukus ko`chasi bo`ylab Movarounnaxr ko`chasigacha;
3.Oybek – Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko`chalari;
4. Islom Karimov – Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko`chasi bo`ylab Amir Temur – Islom Karimov chorrahasigacha;
5. Sharof Rashidov – Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko`chasi bo`ylab Kichik halqa aylanma yo`ligacha;
6. Navoiy – Mustaqillik chorrahasidan Navoiy – Labzak chorrahasigacha;
7. Furqat – Beshyog`och chorrahasidan Beshyog`och ko`chasi bo`ylab Islom Karimov – Beshyog`och chorrahasigacha;
8. Olmazor – Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko`chasi bo`ylab Navoiy ko`chasigacha.
Ertaga, 9 noyabr kuni sammit yig`ilining asosiy tadbiri o`tkazilishi munosabati bilan, I.Karimov, Bunyodkor chorrahasidan I.Karimov ko`chasi bo`ylab A.Temur I.Karimov chorrahasigacha harakat ertalabki 8:00 dan 18:00 qadar cheklanishi rejalashtirilmoqda.
Haydovchilar uchun aylanma yo`llar orqali harakatlanish tashkil etilgan.
“Hurmatli yurtdoshlar va poytaxtimiz mehmonlari, yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklarni to`g`ri tushunganshingizni va yo`llarda xavfsizlikni ta`minlayotgan ypx inspektorlari talablarini aniq bajarishingizni so`rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.






