AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda yomg`ir qorga aylanishi mumkin

'Ertaga O`zbekistonda yomg`ir qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

Ertaga, 9 noyabr kuni respublika bo`ylab havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi,  ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar