Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagariy Falastinning Xamas harakati G`azo sektori shimolidagi nazoratni yo`qotganini ma`lum qildi, deb yozadiThe Times of Israel.
“Biz 50 000 g`azoliklarning chiziqning shimoliy qismidan janubga ko`chib o`tganini ko`rdik. Ular HAMAS sektorning shimoliy qismi ustidan nazoratni yo`qotib qo`yganini, janubda esa xavfsizroq va tinchroq, suv, oziq-ovqat va dori-darmon olishlari mumkin bo`lganini tushunishlari uchun harakat qilmoqdalar”, — dedi Hagariy brifingda.
"Biz G`azo shahriga hujumni chuqurlashtirishda va fuqarolik ob`ektlari yonidagi tunnel shaftalarini blokirovka qilishda davom etamiz", - deya qo`shimcha qildi u.
Uning ta`kidlashicha, o`t ochishni to`xtatish rejasi yo`q, ammo Isroil armiyasi tinch aholi evakuasiya qilishlari uchun "gumanitar pauzalarni" joriy qilmoqda. Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant XAMAS etakchisi Yahyo Sinvar o`z bunkerida qurshab olingani haqida ma`lum qilgandi, deb xabar bermoqda Sky News.
Isroilning quruqlikdagi kuchlari 27 oktyabr kuni kechqurun G`azo sektoriga kirdi. 31 oktyabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushning uchinchi bosqichiga – G`azo sektoriga quruqlikdan kirishni kengaytirishga o`tishni e`lon qildi. Ayni paytda, Isroil bosh vaziri maslahatchisi Mark Regevning so`zlariga ko`ra, G`azo sektorining janubida, HAMAS infratuzilmasi mavjud bo`lmagan joyda dala kasalxonalari joylashgan “maxsus gumanitar hudud” yaratilmoqda.






