O`zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov o`rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri xabar bermoqda.
Furqat Sidiqov may oyida O`zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O`zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi to`g`risidagi ishonch yorlig`i nusxasini topshirgan.
Furqat Sidiqov O`zbekistonning AQShdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning o`rinbosari va birinchi o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Furqat Sidiqov 2017-2023 yillarda O`zbekistonning AQSh, shuningdek, o`rindoshlik asosida Kanada va Braziliyadagi elchisi bo`lib ishlagan Javlon Vaxobov o`rniga tayinlangan.






