AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi

'Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi'ning rasmi

“O`zgidromet” 10 noyabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini e`lon qildi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.  Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar