AsosiyJamiyat

Prezident boshchiligida qishloq xo`jaligi tarmoqlaridagi masalalarga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi

'Prezident boshchiligida qishloq xo`jaligi tarmoqlaridagi masalalarga bag`ishlangan yig`ilish boshlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qishloq xo`jaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish o`rni va investisiyalarni ko`paytirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

Yig`ilish avvalida dunyodagi ziddiyatlar, savdodagi cheklovlar hamda asosiy hamkor davlatlardagi devalvasiya yil boshida belgilab olingan rejalarni o`zgartirib yuborgani, bu, ayniqsa, oziq-ovqat va to`qimachilik eksportiga salbiy ta`sir qilgani qayd etildi. 

Vaziyatni jilovlashning yagona yo`li – qishloq xo`jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga tannarxni kamaytirish, chuqur qayta ishlashga va qo`shilgan qiymat yaratishga ko`proq investisiya jalb qilish orqali eksportni ko`paytirish hisoblanadi.

Buning uchun qishloq xo`jaligi, butun iqtisodiy kompleks sohani qo`llab-quvvatlash bo`yicha yangicha yondashuvlarni, tashkiliy va moliyaviy instrumentlarni joriy qilish zarurligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar