AsosiyJamiyat

Kelgusi yildan paxta urug`chiligi bo`yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi

'Kelgusi yildan paxta urug`chiligi bo`yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi'ning rasmi

Yig`ilishda paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyati ko`rib chiqildi.

Bu yil 41 ta klasterda hosildorlik 40 sentnerdan oshgan bo`lsa, 9 tasida 30 sentnerdan kamligi ko`rsatib o`tildi.

Hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti.

Shu bois, kelgusi yildan paxta urug`chiligi bo`yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi.

Kelgusi yili ball boniteti past, suv og`ir bo`lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70-80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug`ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi. 

Shu bilan birga, 30 sentnerdan past hosil berayotgan navlarni ekish to`xtatilib, ular urug`chilik institutlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi serhosil navlar bilan almashtiriladi.

Qishloq xo`jaligi vaziri va viloyat hokimlariga bu bo`yicha tegishli topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar