AsosiyJamiyat

Prezident xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo`jaligiga jalb qilingan mablag`lar to`liq hajmda ishlatilmayotgani haqida gapirdi

'Prezident xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo`jaligiga jalb qilingan mablag`lar to`liq hajmda ishlatilmayotgani haqida gapirdi'ning rasmi

Xalqaro moliya tashkilotlaridan qishloq xo`jaligiga jalb qilingan mablag`lar to`liq hajmda ishlatilmayotgani ko`rsatib o`tildi.

Buning asosiy sabablari - mablag`lar 20-25 yilga jalb qilingan bo`lsa-da, banklar tomonidan tadbirkorlarga 5-7 yilga ajratilayotgani, kredit ajratish uchun loyihalarni ko`rib chiqish muddatlari olti oydan bir yilgacha cho`zilayotgani, mablag`lardan foydalanish yo`nalishlari cheklangani, natijada tadbirkorlarda qiziqish kam.

Bo`sh mablag`larni oziq-ovqat loyihalari, laboratoriya va texnikalarga yo`naltirish zarurligi, ushbu resurslar banklar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham jozibador shartlarda ajratilishi kerakligi ta`kidlandi.

Qishloq xo`jaligi loyihalariga beriladigan kreditlar muddati 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha uzaytiriladigan, kredit uchun taqdim qilingan loyihalarni ko`rib chiqish muddati 2 oygacha qisqartiriladigan bo`ldi.

Qishloq xo`jaligi vazirligiga xalqaro moliya tashkilotlari, byudjet va banklar ajratayotgan mablag`larning maqsadli ishlatilishini ta`sirchan nazorat qiladigan Ichki audit xizmatini tashkil qilish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar