AsosiyJamiyat

Prezident byudjetga tushumlarni ta`minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta`minotini yaxshilash masalalariga to`xtaldi

'Prezident byudjetga tushumlarni ta`minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta`minotini yaxshilash masalalariga to`xtaldi'ning rasmi

Kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari davlatimiz rahbari byudjetga tushumlarni ta`minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta`minotini yaxshilash masalalariga to`xtaldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayrim tuman va shaharlarda tushumlar hajmi ulardagi sanoat ishlab chiqarishi va eksportning o`sishiga, kiritilgan investisiyalarga, umuman, mavjud salohiyatiga mos emasligi ko`rsatib o`tildi.

Hokimlar va mas`ul rahbarlarga aylanma soliq, alkogol va tamaki aksizining yig`iluvchanligi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish, xufiyona aylanmaga qarshi kurashni kuchaytirish topshirildi.

Kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarga tabiiy gazni sifatli va uzluksiz etkazib berish, sohadagi hisob-kitobni tartibga solish, gazdan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Yig`ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlarning hisoboti eshitildi.

 

    Boshqa yangiliklar