AsosiyJamiyat

Farg`onada noqonuniy sotilayotgan qariyb 530 mln so`mlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo`yildi

'Farg`onada noqonuniy sotilayotgan qariyb 530 mln so`mlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati soliq boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Qo`qon shahrida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tmasdan tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanayotgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, fuqaroga tegishli xonadonlar ichidagi omborxonalar ko`zdan kechirilganda jami 25 turdagi 52 970 quti umumiy qiymati 529,7 mln so`mlik belgilangan namunadagi aksiz markasi mavjud bo`lmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi va ular daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar