AsosiyDunyo

Ramzan Qodirovning 3 o`g`li Checheniston parlamentining oliy ordeni bilan taqdirlandi

'Ramzan Qodirovning 3 o`g`li Checheniston parlamentining oliy ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Ramzan Qodirovning uch o`g`li – Axmat, Eli va Adam Checheniston parlamentining oliy “Daymexkan Siy” (Shre-sharaf) ordeni bilan taqdirlandi, dedi respublika Matbuot vazirligi rahbari Axmed Dudaev.

“Axmat, Eli va Adam yosh avlod uchun yorqin namunadir! Ular bolalikdan din qonunlarini o`rgandilar, Qur`oni Karimning hofizi bo`lib, o`qish, sport va ijtimoiy faoliyatda muvaffaqiyat qozondilar. Ular ham Qodirovlar oilasining boshqa vakillari kabi har bir harakatida Vatan manfaatlariga xizmat qilishga intilayotgan xalqimizning haqiqiy iftixoridir!”, deb yozadi Dudaev.

Axmat Qodirov 18 yoshda, Eli esa 16 yoshda. Grozniy tergov izolyatorida hibsga olingan Nikita Juravelni kaltaklagan 15 yoshli Adam uchun bu so`nggi vaqtlardagi oltinchi mukofotdir. 

Sentyabr oyi oxirida Ramzan Qodirov Adam Qodirov tergov izolyatorida Qur`onni yoqib qo`ygani uchun hibsga olingan Nikita Juravelni kaltaklagani aks etgan videoni e`lon qildi. Keyin Checheniston rahbari o`g`li bilan faxrlanishini aytdi.

O`shanda Adam Qodirovga Checheniston Qahramoni unvoni berilgan. Keyinchalik u Tatariston va Karachay-Cherkesiyada mintaqaviy mukofotlarga sazovor bo`ldi. 5 noyabr kuni u Ramzan Qodirov qo`riqlash xizmatida “mas`ul lavozimga” tayinlangan edi. 7 noyabr kuni Checheniston rahbarining o`g`li Kabardin-Balkar  Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun va 1-darajali Ummat oldidagi xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Ramzan Qodirov 20 yoshli qizi Xutmat Qodirovaga sog`liqni saqlash tizimini boshqarishni topshirgan, 24 yoshli qizini esa bosh vazir o`rinbosari etib tayinlagan edi.

 

    Boshqa yangiliklar