Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda avtobus va engil mashina to`qnashgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 10 noyabr kuni soat 8:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko`chasi Ashxobod bog`i chorrahasida sodir bo`lgan. 41 yoshli haydovchi boshqaruvidagi 21-sonli yo`nalishdagi avtobus Nexia-1 avtomobili bilan to`qnashib ketgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, harakat vaqtida avtobus yo`l qatnov qismining chap bo`lagida hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qo`ymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan to`xtab turgan Nexia-1'ning orqa qismiga borib urilishi oqibatida YTH sodir bo`lgan.
Sodir etilgan ushbu YTH natijasida Nexia-1 haydovchisi engil tan jarohati olgan. Avtobus va engil avtomobil texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.






