Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so`ng, Prezident Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella hamrohligida mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahriga jo`nab ketdi.
Oliy martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir kuzatib qo`ydi.
10.11.2023 18:51
Italiya prezidenti Samarqandga jo`nab ketdi






