1

Daniyada suriyalik qochoq ayol va farzandlarining jasadi muzlatgich ichidan topildi

Dunyo 01.11.2016, 14:44
Daniyada suriyalik qochoq ayol va farzandlarining jasadi muzlatgich ichidan topildi

Daniyaning Obenro shahridagi uylardan biridagi muzlatgich ichidan 27 yoshli suriyalik qochoq ayol va uning to`qqiz va etti yoshli qizlarining jasadi topildi, deb xabar beradi “Vesti”.

Huquq-tartibot organlari xodimlari marhumaning turmush o`rtog`ini qidirmoqda. Biroq u haqda hozircha ma`lumotlar mavjud emas.

Marhuma Daniyaga 2015-yilda kelgan. Ma`lumotlarga ko`ra, ayolning qarindoshlari huquq-tartibot organlariga qo`ng`iroq qilib, uning bir necha kundan buyon aloqaga chiqmayotganini aytgan.

Suriyalik ayol eri bilan yashagan, u rasmiy ravishda qochoq maqomini olgan edi.

Hozirda ayolning eriga nisbatan qidiruv e`lon qilingan. Daniya hukumati hozircha mazkur fojia sabablarini izohlamayapti.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1