AsosiyJamiyat

Prezident tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

'Prezident tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni: 

Mamlakatimizda sog`liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko`p yillik samarali mehnati, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli ta`minlash, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, jamiyatda sog`lom turmush tarzini mustahkamlashga qo`shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo`lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sog`liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

Azizov Sabit Kurbanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantasiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ bo`limi mudiri

Nuralieva Gulnoza Sagdullaevna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Maxmudova Sanobar Yusupovna - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati

Shek Aleksandr Borisovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Mamanazarov Kurban Mamarajabovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali travmatologiya, ortopediya, xalq tabobati jarrohligi, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti, Surxondaryo viloyati

Eminov Baxodir Jo`raevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg`ona filiali bolalar reanimasiyasi bo`limi anesteziolog-reanimatologi, Farg`ona viloyati

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Jabbarov Ashir Norqobilovich - Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining «Chim» filiali shifoxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Qosimova Dinoraxon Siddiqovna - Chortoq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo`limi mudiri, Namangan viloyati

Mo`ydinova Dilbarxon Usarboevna - Buloqboshi tumanidagi «Mayariq» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati

Xujaev Nuriddin Xurramovich - Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo`limi mudiri, Samarqand viloyati

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Aliev Sherzod Maxmudjanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kattalar kardioxirurgiyasi bo`limi mudiri

Axmadalieva Xurshida Muxamadalievna - Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining terapiya bo`limi mudiri, Sirdaryo viloyati

Bobokeldieva Xamida Ergashevna - Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boks-brusellyoz bo`limi mudiri

Ernazarov Oralbay - Mo`ynoq tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul bo`limi terapevti, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Karimov Murodulla Yuldashevich - Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi mudiri

Molayxanov Rustam Xudayberganovich - Toshkent shahridagi 4-klinik shifoxonasining jarrohlik bo`limi shifokori

Nurillaeva Marifat Tag`aevna - Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri endokrinologi

Ro`zieva Aziza Komunarovna - Olot tumani ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Buxoro viloyati

Salomova Ra`no Xayrullaevna -Bo`ka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati

Tajieva Nargiza O`rinboevna - Qo`shko`pir tumani ko`p tarmoqli poliklinikasi patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati

Tojiboev Akmalxon Abduraxmanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali jarrohlik bo`limi mudiri, Namangan viloyati

Tojiev Shomurod Musurmonovich - Yakkabog` tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo`limi mudiri, Qashqadaryo viloyati

To`xtaev Tojidin Parpievich - Oltinko`l tumani tibbiyot birlashmasi bosh feldsheri, Andijon viloyati

«Do`stlik» ordeni bilan

Berdiev Axmad Niyozmaxmadovich - Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punktining «Karsh» tog`li hududi patronaj feldsheri, Surxondaryo viloyati

Jumanazarova Asilxon Dovulbaevna - Yangiqo`rg`on tumani tibbiyot birlashmasining «Nanay» hududiy bo`limi bolalar shifokori, Namangan viloyati

Malkova Elena Mixaylovna - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining Sog`liqni saqlash xizmati markaziy poliklinikasi tibbiy punkti terapevti

Orazaliev Bazarbay Xaitbaevich - Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo`limi jarrohi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich - Farg`ona shahridagi «ASAF Medical» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari,Farg`ona viloyati

Tashpanbetova Kaljan Kaldibaevna - Konimex tumanidagi «Sarjal» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Navoiy viloyati

«Sog`lom turmush» medali bilan

Akbutaeva Dilfuza Abdumannapovna - Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi katta hamshirasi

Karimov Xusan Raimberdievich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi

Mustanov Abdusamat Norsaatovich - O`zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i

Nasrieva Muhabbat Djo`raevna - Buxoro tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

Raxmatullaeva Maxbuba Latifovna - Yangiyo`l tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Toshkent viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Atajanova Zamira Nurullaevna - Ellikqal`a tumani tibbiyot birlashmasining anesteziologiya va reanimasiya bo`limi katta hamshirasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Kuranbaev Rustam Alimovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm viloyati filiali Urganch tumani bo`limi feldsheri

Maxamadaminova Shoira Abduvalievna - Yunusobod tumanidagi «Otolaringolog» xususiy klinikasi otolaringologi, Toshkent shahri

Mo`minova Adolat Xolmatovna - Zomin tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati

Ravshanov Sobir Kenjaevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filiali Narpay tumani bo`limi haydovchisi

Tojiboeva Salomatxon Davranboevna - Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati

Ermatov Abdumalik Abduraximovich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya punkti travmatologi, Farg`ona viloyati

Yakubov Raxim Kamilovich - Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jag` jarrohligi kafedrasi professori

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoev

    Boshqa yangiliklar