AsosiyJamiyat

Farg`onada 1,1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

'Farg`onada 1,1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan “O`zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Farg`ona” GTF xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda O`zbekiston tumanida yashovchi R.Yu. “Q.” MFYda hududidagi fuqaro M.A.ning uyining yordamchi xo`jaligida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulanib, jami 1,1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar