AsosiyJamiyat

O`zbekiston va AQSh o`rtasida madaniy meros sohasi bo`yicha bitim imzolandi

'O`zbekiston va AQSh o`rtasida madaniy meros sohasi bo`yicha bitim imzolandi'ning rasmi

Joriy yilning 7 noyabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida O`zbekiston va AQSh hukumatlari o`rtasida "O`zbekistonning arxeologik va etnologik materiallari toifalarida import cheklovlarini joriy etish to`g`risidagi Bitim"ning imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki tomonlama bitimni Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov va AQShning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik imzoladi.

"Ushbu kelishuv O`zbekiston va AQSh o`rtasida muzey ashyolari va madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishining oldini olish va qaytarish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi"- dedi Agentlik direktori o`z nutqida.

Bitim "Arxeologik va etnologik materiallarni talon-taroj qilishni oldini olish va maxsus ro`yxatga kiritilgan ob`ektlarni olib kirishga cheklovlar"ni belgilaydi.

"Bugun tarixiy kun, chunki O`zbekiston Markaziy Osiyoda AQSh bilan madaniy boyliklar to`g`risidagi bitimni imzolagan birinchi davlat bo`ldi. O`zbekistondan tashqari, dunyoning yana 25 ta mamlakati AQSh bilan shu kabi shartnomalar tuzgan. Madaniy meros, san`at va san`at asarlarini muhofaza qilish oson ish emas. Shuning uchun ham ushbu kelishuv bugungi kunda juda muhim qadamdir.

O`zbekistondagi madaniy meros ob`ektlarini himoya qilish va qayta tiklash uchun AQSh hukumati 1 million dollarni ajratdi. Biz O`zbekistondagi madaniy merosni himoya qilish va uning boy tarixini dunyoga namoyish etish borasidagi sa`y-harakatlaringizga hamkorlik qilish istagidamiz" - deya qayd etdi Jonatan Henik.

    Boshqa yangiliklar