Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo davlatlar bosib olingan Falastin hududlaridagi Isroil turar joylarini noqonuniy deb e`lon qilish uchun ovoz berdi. 145 davlat, jumladan, O`zbekiston uni qo`llab-quvvatladi.
Rezolyusiyaga faqat etti davlat qarshi chiqdi: AQSh, Kanada, Isroil, Vengriya, Mikroneziya, Marshall orollari va Nauru. 18 davlat betaraf qoldi, yana 21 davlat umuman ovoz bermadi.
BMT “Isroilning noqonuniy xatti-harakatlari va chora-tadbirlari oqibatida bosib olingan Falastin hududida, jumladan, Sharqiy Quddusdagi og`ir vaziyatdan chuqur tashvish bildiradi va zudlik bilan Isroilning barcha noqonuniy aholi punktlari va devor qurilishini to`xtatish, G`azo sektori blokadasini bekor qilish, tinch aholiga qarshi haddan tashqari va beg`araz kuch ishlatish va harbiy amaliyotlarni butunlay to`xtatish, ko`chmanchilarning zo`ravonligi, muqaddas qadamjolarga qarshi provokasiya va da`vatlar, mol-mulkni yo`q qilish va musodara qilish, tinch aholini majburan ko`chirish, minglab tinch aholini hibsga olish yoki qamoqqa olish va Falastin tinch aholisiga qarshi barcha jamoaviy jazo choralarini to`xtatishga chaqiradi”.






