AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentning 2 ta tumanidagi ayrim hududlar vaqtincha elektrsiz qoladi

'Ertaga Toshkentning 2 ta tumanidagi ayrim hududlar vaqtincha elektrsiz qoladi'ning rasmi

Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida ertaga, 13 noyabr kuni Toshkentning 2 ta tumanida "svet" vaqtincha o`chiriladi.

Quyida elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladigan manzillar keltirilgan:

Bektemir tumani: «Gulbog`» va «Iyik ota» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Navbahor» MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar