Moskvada to`rt yoshli qizchaning boshini tanasidan judo qilgan ruhiy nosog`lom enaga Gulchehra Boboqulova qabul qilayotgan dorilari sababli uxlab qoldi va tayinlangan sud majlisida ishtirok eta olmadi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Tergov izolyatori kasalxonasi boshlig`ining xabar berishicha, Gulchehra Boboqulova tayinlangan dori-darmonlar ta`sirida uyquga ketib, sud majlisiga boradigan ahvolda bo`lmagan. Shuning uchun 1 noyabrga belgilangan sud majlisi boshqa kunga qoldirilgan.
Eslatib o`tamiz, Gulchehra Boboqulova Moskva shahrida, tug`ilish jarayonida markaziy asab tizimi jarohatlangan to`rt yoshli qizaloqqa enagalik qilgan. Mazkur yilning 29 fevral kuni uy egalarining yo`qligidan foydalanib, qizchani bo`g`ib o`ldirib, boshini tanasidan judo qilgan, uyni esa yoqib yuborgan. Polisiyachilar Gulchehra Boboqulovani o`sha kuni “Oktyabrskoe pole” metro bekatida qo`lga olgan. Uning qo`lida qizchaning boshi bo`lgan, atrofdagilarni o`zini portlatib yuborish bilan qo`rqitgan. Gulchehra Boboqulovaga nisbatan qotillik jinoyati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan, uning ruhiy nosog`lomligi aniqlangan.





