AsosiyJamiyat

Tojikistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonda ham sezildi

'Tojikistonda sodir bo`lgan zilzila O`zbekistonda ham sezildi'ning rasmi

Bugun, 13 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 08:34 da (13.11.2023 yil, Grinvich bo`yicha 03:34 da) Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda  FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 38,65 gradus shimoliy kenglik; 68,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 293 km janubiy-g`arbda.

O`zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Uzun tumanida 2 ball, 77 km.

    Boshqa yangiliklar