G`azo sektori shimolidagi Al-Quds kasalxonasi yonilg`i va elektr quvvati yo`qligi sababli o`z faoliyatini to`xtatdi. Bu haqda Falastin Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Tibbiyot muassasasi 11 noyabr kuni tegishli vaziyat yuzasidan ogohlantirgan edi.
“Shifoxona Isroilning tinimsiz bombardimon qilishlari tufayli o`z holiga tashlab qo`yildi, bu tibbiyot xodimlari, bemorlar va ko`chirilgan tinch aholi uchun katta xavf tug`dirdi”, — deydi Falastin Qizil yarim oy jamiyati.
Shifoxonaga xizmat ko`rsatishning to`xtatilishi yonilg`i zaxiralarining tugashi va elektr ta`minotidagi uzilish bilan bog`liq. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari dori-darmon, oziq-ovqat va suv etishmasligiga qaramay, bemorlar va yaradorlarga yordam ko`rsatish uchun barcha sa`y-harakatlarini amalga oshirgan.






