Din ishlari bo`yicha qo`mita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 16 noyabr – Xalqaro bag`rikenglik kuniga bag`ishlab, joriy yilning 13–19 noyabr kunlari respublikaning barcha hududida “Bag`rikenglik haftaligi”ni o`tkazadi.
Din ishlari bo`yicha qo`mita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 16 noyabr Xalqaro bag`rikenglik kuniga bag`ishlab, joriy yilning 13-19 noyabr kunlari respublikaning barcha hududida Bag`rikenglik haftaligini o`tkazadi.
Haftalik doirasida Respublika umumta`lim maktablarida Milliy an`ana va udumlar ko`rgazmalari, Bag`rikenglik mening nazdimda mavzusida eng yaxshi insholar tanlovlari, Mening bag`rikeng dunyoim mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovlari, bag`rikenglikni targ`ib qiluvchi she`rxonlik kechalari;
Respublika oliy ta`lim muassasalarida Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz, Diniy ma`rifat va millatlararo bag`rikenglik jamiyat barqarorligi sharti mavzularida ilmiy-amaliy va ma`rifiy tadbirlar, Millatlararo totuvlik va bag`rikenglik umrboqiy qadriyatlar mavzusida davra suhbatlari bo`lib o`tadi.






