O`mon hamda Chexiyaning O`zbekistondagi yangi Elchisi etib tayinlangan elchilari TIV vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirishdi. Bu haqda TIV vaziri Matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston hamda O`mon vakillari o`rtasidagi muloqotda mamlakatlar o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati ko`rib chiqildi va hamkorlikni har jihatdan kengaytirish bo`yicha ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudligi ta`kidlandi. Elchi xonimga O`zbekistondagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Chexiyaning O`zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Lyubomir Frebortdan ham ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
Ikki tomon o`rtasida hamkorlikning yangi sur`atlarda rivojlanib borayotgani, yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investisiyaviy loyihalari soni o`sayotgani qayd etildi.
"O`zaro hamkorlikda ko`p yutuqlarga erishildi, yana yangi marralar kutmoqda. Janob Elchiga aloqalarimizni yanada boyitish yo`lidagi barcha maqsadlariga erishishini tilab qolamiz", deyiladi xabarda.






