Meksika poytaxtida rasmiylar ichimlik suviga cheklovlar kiritdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
Suv ta`minoti umumiy tizim oqimidan 25 % ga kamaydi. Yog`ingarchilikning past darajasi uchta suv omborining minimal darajaga tushishiga olib keldi. Mutaxassislar buni "tarixiy ko`rsatkich"ligini aytmoqda.
Suv omborlarida suv sathi hozirda yilning shu davridagidan 44 foizga past. Ma`lumot uchun: suv omborlari jami 20 milliondan ortiq poytaxt aholisiga xizmat ko`rsatadi. Kelgusi bir necha oy davomida suv cheklovlari saqlanib qolishi mumkin.






