AsosiyDunyo

Inson huquqlari tashkilotining G`azo sektorida o`t ochishni to`xtatishga chorlovchi petisiyasiga milliondan ortiq odam ovoz berdi

'Inson huquqlari tashkilotining G`azo sektorida o`t ochishni to`xtatishga chorlovchi petisiyasiga milliondan ortiq odam ovoz berdi'ning rasmi

Bir milliondan ortiq odam Amnesty International  inson huquqlari tashkilotining Isroilni "G`azodagi oilalarni qirib tashlashda" ayblangan petisiyasiga ovoz berdi. 

Petisiyada Isroilning raketa otishmasi tinch aholiga tahdid solayotganligi qayd etilgan. Petisiya anklavda zudlik bilan o`t ochishni to`xtatishga chaqiradi.

11 noyabr kuni Amnesty International tashkiloti Isroilni falastinlik terrorchilarni tahqirlovchi sharoitlarda ushlab turishda ayblagan edi. "Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslar qiynoqqa solinmoqda va tahqirlovchi muomalaga duchor bo`lmoqdalar "deydi tashkilot. 

2023 yil 20 oktyabrda Amnesty International Isroilda Hamasni qo`llab-quvvatlovchi namoyishlar o`tkazish taqiqlanganidan g`azablanganini bildirdi. Huquq himoyachilari fikricha, bu demokratiya asoslariga hujumdir. Tashkilot bu harakatlarni "Falastindagi inson huquqlarini himoya qilish uchun norozilik namoyishlari" deb atashni afzal ko`radi. Tashkilot veb-saytida tarqatilgan xabarda "namoyishlarni taqiqlash faqat oxirgi chora sifatida ko`rib chiqilishi mumkin" deb ta`kidlangan.

 

 

    Boshqa yangiliklar