Italiyada sirkdan qochgan sher bir necha soat shaharda aylanib yurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda aholi tomonidan suratga olingan yirtqichning videolari paydo bo`ldi.
Videolarda Kimba laqabli arslonni shahar atrofdagi dalalarda, keyin esa turar-joylarga kirganligini ko`rish mumkin. Aholi hayvonni balkonlaridan kuzatib turishgan.
Yirtqichni qidirishga polisiya vertolyoti, sirk ishchilari, yo`l inspektorlari va qurolli veterinarlar jalb etilgan.
Arslonga tinchlantiruvchi o`q otilgan va u uxlab qolgach, sirkka olib ketishdi.